Xodimlaringizning har bir daqiqasi — aniq nazoratda.
Face ID va QR-kod orqali avtomatik davomat. Telegram Web App orqali ta'tillarni bir bosishda tasdiqlash. Hisobotlar avtomatik shakllanadi. HR bo'limi vaqtining 85% gacha tejaladi.
Panel namoyish uchun — real hisoblardagi ma'lumot ko'rsatilmagan.
Eski usullar — yangi muammolar.
Qog'oz jurnal, Excel jadvali, og'zaki kelishuv — kunlik ish, lekin har oy yo'qotilgan vaqt va ma'lumot.
Tashkilotingiz birgina ekrandan boshqariladi.
Davomat jadvali, ta'til so'rovlari, xodim ma'lumotlari, hisobotlar — barchasi real vaqtda yangilanadigan yagona panelda.
Davomat
05.05.20265 qadam — eski jarayon tarix bo'ladi.
Xodim eshikdan o'tadi — natija HR menejer ekraniga keladi. Hech kim qog'ozga yozmaydi.
Face ID skan
Terminal xodimni 2 soniyada taniydi. QR-kod alternativasi mavjud.
So'rov yuborish
Telegram Web App orqali ta'til yoki ruxsatnoma so'rovi yuboriladi.
Bildirishnoma
Rahbarga Telegram Web App orqali xabar boradi. Bir bosishda tasdiqlanadi.
Dashboard
HR menejer real vaqtda tashkilot bo'yicha to'liq ko'rinishni ko'radi.
Hisobot
Oylik va yillik hisobot avtomatik. Bir bosishda Excel'ga eksport.
HR uchun to'liq tizim — bir mahsulotda.
Davomat, ta'til, xodim ma'lumotlari, hisobotlar — har biri alohida emas, ammo bir-biri bilan to'g'ri ulangan.
Face ID va QR-kod orqali avtomatik kirish-chiqish.
Xodim ostonadan o'tdi — tizimda yozildi. ~2 soniya ichida tanish, 99.8% aniqlik.
Ta'til so'rovi yuborildi → bir bosishda tasdiq.
Xodim Telegram Web App orqali so'raydi, rahbar tasdiqlaydi. Hujjat avtomatik shakllanadi va saqlanadi.
Yillik ta'til — 11 kun
15–25 May · Aliyev S. · 14 kun qoldiq
✓ TasdiqlanganBildirishnomalar Telegram Web App orqali.
Excel eksport — bir bosishda.
Har bir xodimga — o'z kabineti.
Bo'limlar, lavozimlar, ierarxiya — bir daraxtda.
Tashkilot tuzilmasini ko'ring, qayta tartiblang, hisobotlarni avtomatik shakllantiring.
Mashina to'xtamaydi — davomat yoziladi.
Hikvision ANPR kamerasi avtomobil raqamini 0.3 soniyada taniydi va xodimning kirish-chiqishini avtomatik qayd etadi. Karta, telefon, hech narsa kerak emas. Ko'pchilik davomat tizimida bu yo'q — avtomobil kirishini to'g'ridan-to'g'ri tabelga bog'laymiz.
Hikvision qurilmalarining to'liq integratsiyasi — bitta platformada.
Face ID terminallaridan ANPR kameralargacha — Hikvision'ning barcha qurilmalari CoreHR bilan plug-and-play ishlaydi. Qo'shimcha vositachi tizim kerak emas.
Face ID terminallari
DS-K1T671, MinMoe seriyasi va boshqalar — yuz orqali tanish, 99.8% aniqlik.
ANPR kameralar
DS-TCG406, ANPR seriyasi — avtomobil raqamini real vaqtda tanish.
Kirish nazorati
Access controllerlar, elektron qulflar — darvoza va eshik kirish boshqaruvi.
IP kameralar
CCTV tizim — xodim hodisalari bilan tasvir arxivi bog'lanadi.
Nima uchun bu muhim?
- ✓Hikvision — dunyo bo'yicha №1 video nazorat brendi
- ✓Bizda allaqachon o'rnatilgan qurilmalaringizdan foydalanamiz
- ✓Yangi qurilma sotib olishingiz shart emas
- ✓ISAPI protokoli orqali to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish
Hech qanday ilova yuklamasdan — to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da.
O'zbekiston bo'ylab 14M+ aktiv Telegram foydalanuvchisi. Xodimlaringiz allaqachon foydalanadigan ilovaga HR'ni olib kiring — yangi parol, yangi qurilma, yangi o'rgatish kerak emas.
Salom! Men Core HR botman. Quyidagi bo'limlardan birini tanlang.
9:38HR Panel · Davomat · Ta'til · Bildirishnomalar
9:3814-mart, payshanba
O'rnatish kerak emas
Xodim oddiy Telegram ichida @core_hr_bot'ni ochadi va darhol foydalanadi.
Telegram avtorizatsiyasi
Login/parol yo'q. Telegram akkaunti orqali xavfsiz kirish.
Real vaqt bildirishnomalari
Ta'til tasdiqlandi, kechikish izohi — barcha xabarlar Telegram'ga keladi.
Bir tugma bilan check-in
Xodim ofisda emas? Telegram orqali kelgan vaqtini belgilaydi.
Ta'til so'rovi 30 sekund
Forma to'ldirish, sana tanlash — barchasi telefonda. Rahbar darhol tasdiqlaydi.
USER va ADMIN bir ilovada
Xodim — o'z davomati ko'radi. HR/rahbar — barcha xodimlarni boshqaradi.
Bot menyusi, dashboard, davomat, ta'til, admin paneli.
Davlat, akademik va korporativ tashkilotlar uchun.
50–500+ xodimli tashkilotlar uchun moslashtirilgan. Mahalliy qonunchilik va Davlat standartlariga muvofiq.
Davlat organlari
Vazirliklar, davlat jamg'armalari, mahalliy hokimiyat. Rasmiy hisobot va auditga tayyor.
- Davlat Tibbiy sug'urtasi jamg'armasi
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy maktab
Universitet va ilmiy markazlar
Tadqiqot markazlari va oliy o'quv yurtlari. Akademik kalendarga moslashgan.
- Akademik kalendar va semestr grafigi
- Professor-o'qituvchilar yuklamasi hisobi
O'rta va yirik korxonalar
Ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko'rsatish kompaniyalari. Filial va bo'limlar uchun moslashgan.
- Bir nechta filial nazorat
- Smena tartibi va o'sish hisobi
- HR + Buxgalteriya integratsiyasi
Davlat tashkilotlari ishonadigan himoya.
Ma'lumotlar shifrlanadi, kirish nazoratlanadi, audit jurnali yuritiladi. Davlat axborot xavfsizligi standartlariga muvofiq.
Har bir xodim faqat o'ziga kerakli ekranni
Tizim bitta, lekin interfeys har xil. Rahbar butun tashkilotni ko'radi, bo'lim boshlig'i faqat o'z bo'limini, xodim esa o'z ma'lumotini.
Rahbar
Butun tashkilot bo'yicha to'liq ko'rinish va qarorlar.
- ✓Barcha filiallar bo'yicha yig'ma panel
- ✓Ta'til va ruxsatnomalarni yakuniy tasdiqlash
- ✓Oylik va yillik hisobotlarga to'liq kirish
Kadrlar bo'limi
Xodimlar bazasi, ish grafigi va tabel bilan kundalik ish.
- ✓Ishga qabul, o'tkazish va bo'shatish
- ✓Ish grafigi va bayram kunlarini sozlash
- ✓Tabelni yopish va Excel'ga eksport
Bo'lim boshlig'i
Faqat o'z bo'limi kesimidagi ma'lumot va tasdiqlar.
- ✓Bo'lim davomati real vaqtda
- ✓So'rovlarni Telegram orqali tasdiqlash
- ✓Bo'lim bo'yicha kechikish tahlili
Buxgalter
Ish haqi hisob-kitobi uchun tayyor va tekshirilgan ma'lumot.
- ✓Yopilgan tabel asosidagi soatlar
- ✓Qo'shimcha ish va chegirmalar ro'yxati
- ✓Davr bo'yicha o'zgarishlar tarixi
Xodim
Telegram Web App orqali — alohida ilova o'rnatmasdan.
- ✓O'z davomati va qolgan ta'til kunlari
- ✓Ta'til yoki ruxsatnoma so'rovi
- ✓So'rov holati bo'yicha bildirishnoma
Bizning bulutda yoki o'z serveringizda
Tijorat tashkilotlari uchun bulut tezroq ishga tushadi. Davlat idoralari va yopiq tarmoq talab qiladigan ob'ektlar uchun tizimni to'liq o'z infratuzilmangizga o'rnatamiz.
Bulut (SaaS)
Serverni biz boshqaramiz. Shartnomadan keyin tizim odatda bir necha kun ichida ishga tushadi.
- ✓Qo'shimcha server uskunasi talab qilinmaydi
- ✓Yangilanish va zaxira nusxa bizning zimmamizda
- ✓Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverlarda
- ✓Monitoring va texnik nazorat 24/7
O'z serveringizda (On-premise)
Tizim to'liq sizning serveringizda ishlaydi. Ma'lumot tashkilot perimetridan chiqmaydi.
- ✓Ma'lumotlar to'liq sizning nazoratingizda
- ✓Internetdan uzilgan yopiq tarmoqda ishlash imkoni
- ✓Ichki xavfsizlik siyosatiga moslashtirish
- ✓Yangilanishlar kelishilgan jadval bo'yicha
3 qadam — va tashkilotingiz avtomatlashgan.
Joriy etish tez va sodda. Bizning jamoamiz har bir bosqichda yoningizda bo'ladi.
Demo va kelishuv
Bepul namoyish, tashkilotingiz uchun moslashtirilgan taklif va shartnoma. 1–3 ish kuni.
Ma'lumot kiritish
Xodimlar, bo'limlar, lavozimlar — Excel orqali yoki qo'lda. Biz yordam beramiz. 2–5 kun.
Ishga tushirish
Face ID terminal o'rnatiladi, Telegram Web App ulanadi, jamoa o'rgatiladi. 1 hafta.
Yuzlab xodimlar, bitta tizim, real natija.
Davlat va akademik mijozlarimiz Core HR ni nima uchun tanlaganlari haqida.
"Telegram Web App orqali ta'tilni tasdiqlash — bu shunchaki qulay. Birinchi haftada xodimlar tezda o'rganishdi."
"Hisobotlar avtomatik shakllanmoqda. Auditga tayyor bo'lishimiz uchun endi hafta emas, soatlar yetadi."
Tashkilotingizga moslashtirilgan taklif.
Narx xodimlar soniga bog'liq emas — 30 ta xodim bo'ladimi, 500 ta, to'lov o'zgarmaydi. Farq faqat modullar, integratsiya va joylashtirish turida.
Starter
Bitta ofis yoki filial uchun asosiy to'plam.
- Face ID + QR davomat
- Telegram bildirishnomalar
- Ta'til onlayn boshqaruv
- Asosiy hisobotlar
- Email qo'llab-quvvatlash
Professional
Bir nechta filial va kengaytirilgan imkoniyatlar.
- Hammasi Starter'dan
- Ko'p filial / bo'lim qo'llab-quvvatlash
- Excel eksport · API · maxsus integratsiya
- Maxsus hisobotlar va tahlil
- Telegram + telefon qo'llab-quvvatlash
- Onboarding va treyninglar
Enterprise
Davlat idoralari va yopiq tarmoq talab qiladigan ob'ektlar uchun.
- Hammasi Professional'dan
- O'z serveringizda joylashtirish
- Maxsus xavfsizlik audit
- SLA 99.9% kafolat
- Shaxsiy menejer (24/7)
- Maxsus integratsiya va modullar
Joriy etishdan oldin bilishingiz kerak.
Sizning savolingizga javob yo'qmi? Telegram @jpro_support orqali yozing.
Bir hafta — va tashkilotingiz avtomatlashgan.
Bepul demo: tashkilotingiz uchun moslashtirilgan namoyish, ROI tahlili va aniq narx taklifi. 30 daqiqada — hech qanday majburiyatsiz.